AsosiyJAMIYAT

Toshkentning ayrim ko'chalarida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi

77-sonli avtobus esa Chilonzor 25-dahasi yo‘nalishida Kichik halqa yo‘li, Qatortol, Zargarlik, Qatortol-2 hamda Al-Xorazmiy ko‘chalari orqali harakatlanadi.

'Toshkentning ayrim ko'chalarida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi'ning rasmi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida qurilish-ta'mirlash ishlari munosabati bilan ayrim ko'chalarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda tegishli mutasaddilar ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, 2026 yil 28 iyul kuni soat 23:00 dan boshlab qurilish-ta'mirlash ishlari to'liq yakunlangunga qadar Bunyodkor ko'chasining qo'shimcha yo'l bo'lagida, Kichik halqa yo'lidan Chilonzor metro bekati hududidan Qatortol-2 ko'chasigacha bo'lgan bir tomonlama yo'nalish avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi.

Shu munosabat bilan mazkur hudud orqali harakatlanuvchi bir qator avtobus yo'nalishlarining harakat sxemasi ham vaqtincha o'zgartiriladi.

Xususan, 41 va 116-sonli avtobuslar Chilonzor buyum bozori tomon harakatlanishda Kichik halqa yo'li, Qatortol, Zargarlik, Qatortol-2 va Bunyodkor ko'chalari orqali qatnaydi.

77-sonli avtobus esa Chilonzor 25-dahasi yo'nalishida Kichik halqa yo'li, Qatortol, Zargarlik, Qatortol-2 hamda Al-Xorazmiy ko'chalari orqali harakatlanadi.

118-sonli avtobusning harakat yo'nalishi Bunyodkor ko'chasi, Kichik halqa yo'li va Qatortol ko'chalari orqali tashkil etiladi.

Shuningdek, 74 va 171-sonli avtobuslar harakati vaqtincha "Olmazor" metro bekatigacha qisqartiriladi.

Mutasaddilar haydovchilar va yo'lovchilardan harakatni oldindan rejalashtirishni hamda vaqtincha joriy etilgan harakat sxemasiga amal qilishni so'ramoqda.

    Boshqa yangiliklar