AsosiyJAMIYAT

Bedarak yo‘qolgan erkak ishxonasida o‘lik holda topildi

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida bedarak yo‘qolgan deb xabar berilgan erkakning jasadi topildi.

'Bedarak yo‘qolgan erkak ishxonasida o‘lik holda topildi'ning rasmi

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov DARAKCHI.UZ so'roviga javoban ma'lum qildi.

Uning bildirishicha, 1967 yilda tug'ilgan erkakning jasadi aniqlangan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumning o'lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda holat bo'yicha tekshiruv ishlari har tomonlama, to'liq va xolisona o'tkazilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko'ra qonun doirasida tegishli qaror qabul qilinishi ma'lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar

    Bedarak yo‘qolgan erkak ishxonasida o‘lik holda topildi - Darakchi.uz