O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmonida bu masalaga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Ta'lim va strategiya sohasidagi muhim qadamlar
Dual ta'lim va yangi fakultet
2027/2028 o'quv yilidan “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti negizida nazariya va amaliyotni birlashtirgan dual ta'lim shaklidagi alohida fakultet tashkil etiladi.
Hududiy texnikumlar
Respublikaning har bir hududida bittadan texnikumda ichimlik va oqova suv yo'nalishida dual ta'lim asosida kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi.
2030 yilgacha Strategiya
2026 yil yakuniga qadar iqlim o'zgarishiga barqaror infratuzilmani rivojlantirish va ilg'or texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi Strategiya ishlab chiqiladi.
So'xga zamonaviy bilimga ega, amaliyotni puxta egallagan yosh mutaxassislarning kirib kelishi suv inshootlarining avariyalarsiz, samarali va sifatli ishlashini ta'minlaydi. 2030 yilgacha bo'lgan strategiyaning amalga oshirilishi esa iqlim o'zgarishi sharoitida aholini toza suv bilan kafolatli ta'minlash, aholi sog'lig'ini muhofaza qilish va kelajak avlodga resurslarni bekamu ko'st yetkazishda muhim o'rin tutadi.






