AsosiyMadaniyat

"Choy" filmi "Moskva premerasi" kinofestivalida g`olib bo`ldi

'"Choy" filmi "Moskva premerasi" kinofestivalida g`olib bo`ldi'ning rasmi

Yosh kinorejissyor Shokir Xoliqovning "Choy" qisqa metrajli filmi "Moskva premerasi" kinofestivalining "Qisqa metrajli filmlar" tanlovida bosh mukofotni qo`lga kiritdi, deb xabar berdi "O`zbekkino".

Ushbu film shu yil bo`lib o`tgan Kann kinofestivalida ham g`olib bo`lgan edi. 

Rejissyorning mazkur kartinasi Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Hindiston, Braziliya, Rossiya Federasiyasi, AQSh, Makedoniya kabi mamlakatlarda bo`lib o`tgan xalqaro qisqa metrajli filmlar festivallarida ham Gran-pri va boshqa bir qator nominasiyalarni qo`lga kiritgan. 

Boshqa yangiliklar