1

Bugun Nigina va Oqgul Australian Open saralashida qatnashadi

Sport 15.01.2015, 13:50
Bugun Nigina va Oqgul Australian Open saralashida qatnashadi

Bugun ayollar o`rtasidagi saralash bahslari ham boshlandi. Ikki nafar hamyurtimiz birinchi bosqich uchrashuvida kortga chiqadi. Birinchi raqamli tennischimiz Nigina Abduraimova turkiyalik Kagla Buyukakchay, Oqgul Omonmurodova esa ukrainalik Nadya Kichenok bilan hisob-kitob qiladi. Bu haqda olamsport.com xabar beradi.

Eslatib o`tamiz, erkaklar o`rtasidagi Avstraliya Ochiq chempionatining asosiy to`r bahslarida birgina vakilimiz Denis Istomin ishtirok etadi. 

Melburn shahrida “Ulkan Toj” turkumiga kiruvchi yilning to`rtta turniridan dastlabkisi – Avstraliya Ochiq chempionatining saralash bahslari davom etmoqda. Xabar berganimizdek, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Farrux Do`stov kecha saralashning ilk bosqichidayoq mag`lubiyatga uchrab, o`z ishtirokini muddatidan ancha avval to`xtatgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1