AsosiyJamiyat

Banklar amalga oshiradigan operasiyalar ro`yxati ko`paydi

'Banklar amalga oshiradigan operasiyalar ro`yxati ko`paydi'ning rasmi

“Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, banklar amalga oshiradigan operasiyalar ro`yxati bir qator yangi bank operasiyalari bilan to`ldirildi.

Xususan, qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish, elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va to`lash kabi operasiyalar shular jumlasidandir.

Qonun bilan, shuningdek, kreditorlar va omonatchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida banklar uchun taqiqlangan yoki cheklangan faoliyatga oid normalar belgilandi.

Qonunga ko`ra, bank ustav kapitalining eng kam miqdori yuz milliard so`mni tashkil etishi lozim.

Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar