1

Xonanda Sarvarani o`zbek shou-biznesidan ketishga nima majbur qildi? Yoxud Turkiyada ijod qilayotgani sababi ma`lum bo`ldi...

Madaniyat 06.11.2019, 11:11
Xonanda Sarvarani o`zbek shou-biznesidan ketishga nima majbur qildi? Yoxud Turkiyada ijod qilayotgani sababi ma`lum bo`ldi...

O`zbek muxlislari orasida “Izlab qolasiz”, “Ayriliq”, “Muhabbat”, “Olmacha” deb nomlangan bir qancha qo`shiqlari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Sarvara anchadan buyon ko`rinmay qolgani hech kimga sir emas. Xonanda ijodiy tanaffusda, deb o`ylaganlar ham yanglishishadi...

Boisi xonanda o`zbek shou-biznesini tark etib, Turkiyada ijod qilyapti. Xonanda Sarvara jurnalist Feruz Muhammad bilan bo`lgan suhbatida Turkiyada ijod qilayotgani sabablariga aniqlik kiritdi.

Sarvara, xonanda:

— Har doim ham turk san`atiga, turk shou-biznesiga qiziqishim katta bo`lgan. Shu boisdan turk san`atini yanada yaxshiroq o`rganish, turk xonandalari bilan yaqindan ijodiy hamkorlik qilish maqsadida Turkiyada ijodimni davom ettirmoqdaman.
Turkiyaga ketganimga ikki yilcha bo`lib qoldi. U erda turk xonandalari bilan duetlar qildik, yangi qo`shiqlar yozyapmiz. Hozir bu erda ijod qilayotganim ‘butunlay Turkiyada qolib ketaman`, degani emas. Imkoniyatim etganicha ham Turkiyada, ham O`zbekistonda ijod qilmoqchiman.
Shou-biznes ichida ‘Sarvara ijodni tashlab, boshqa bir tirikchilik uchun Turkiyaga ketdi`, degan mish-mishlar yurgani haqida eshitdim. Bu gaplar asossiz, bu erda ham asosiy tirikchililigim qo`shiq kuylash.
‘Xo`rlayvermang" deb nomlangan qo`shig`imni turk orkestri bilan birgalikda kuyladim, birgalikda tayyorladik. Tez kunlar ichida ushbu taronamizni muxlislar e`tiboriga havola etamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1