AsosiyDunyo

Tojikiston IIV o`zbek-tojik chegarasidagi hujum yuzasidan axborot berdi

'Tojikiston IIV o`zbek-tojik chegarasidagi hujum yuzasidan axborot berdi'ning rasmi

O`zbekiston-Tojikiston chegarasidagi postga amalga oshirilgan hujum yuzasidan Tojikiston IIV axborot berdi.

Hujum chog`ida jangarilar 5 dona o`qotar qurolni qo`lga olgan. Harbiy tezkor harakatlar natijasida qurolli jinoiy guruhning 15 a`zosi va ularning 4 mashinasi zararsizlantirilgan, qolgan 4 tasi qo`lga olingan. 

2019 yilning 6 noyabrga o`tar kechasi soat 03:23 da qurollangan niqobli noma`lum shaxslar guruhi tomonidan Dushanbedan 60 kilometr uzoqlikdagi «Ishqobod» postining «Sultonobod» harbiy otryadiga hujum qilgani, to`qnashuv oqibatida Chegara qo`shinlarining bir nafar harbiysi va Ichki ishlar xodimi halok bo`lgan. 

Ayni paytda voqea joyida tezkor-tergov guruhi tuzilgan, jinoiy guruh a`zolarini aniqlash bo`yicha operasiya olib borilmoqda. 

Tojikiston-O`zbekiston chegarasida joylashgan chegara postiga hujum qilganlar "Islom davlati" jangarilari bo`lib, ular Afg`onistondan kirib kelishgan. Bu haqda chorshanba kuni Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi (MXDQ) matbuot markazi ma`lum qilgan.

Eslatib o`tamiz, kecha kechasi O`zbekiston-Tojikiston chegarasida otishma bo`lgan va tafsilotlar o`rganilayotganligi ma`lum qilingan edi.

Boshqa yangiliklar