1

Server Jeparov: Avstraliya klublaridan taklif bo`lsa, ko`rib chiqaman

Sport 15.01.2015, 20:24
Server Jeparov: Avstraliya klublaridan taklif bo`lsa, ko`rib chiqaman

Ayni vaqtda erkin agent maqomida bo`lib turgan O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov Osiyo Kubogi davomida yangi klub bilan shartnoma imzolash istagida ekanini bildirdi. Bu haqida yarim himoyachi Heraldsun.com.au internet nashri bilan qilgan suhbati davomida so`zlab bergan.
Avstraliyalik jurnalistlar Server Jeparov musobaqa davomida Avstraliya klublari e`tiborini tortishi mumkinligini bildirganlar. O`z navbatida Server Jeparov "Seongnam"da faoliyatini davom ettirishni istashini, ammo yangi shartnoma borasida taklif tushmasa, Avstraliya chempionatiga o`tishga tayyorligini bildirgan.
"Men o`z vaqtida avstraliyalik futbolchi Brendan Xemill bilan birga o`ynaganman. U menga Avstraliya haqida ko`p narsalar aytib bergan. Shunday ekan, bu er bilan yaxshi tanishman, deb ayta olaman.
Agarda Avstraliya klublaridan taklif bo`lsa, ko`rib chiqishga tayyorman", - deydi Server Jeparov.
Shuningdek Server Jeparov yana kamida uch yil futbolchilik faoliyatini davom ettirishi va asosiy maqsad sifatida O`zbekiston milliy terma jamoasi bilan 2018 yili Rossiyada bo`lib o`tadigan jahon chempionatida ishtirok etishni istashini bildirgan.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1