1

Meyvezer – Pakyao jangida chiptalar rekord darajada qimmat bo`ladi

Sport 15.01.2015, 20:26
Meyvezer – Pakyao jangida chiptalar rekord darajada qimmat bo`ladi

Amerikalik taniqli professional boks ekspertlaridan biri Den Rafael bergan ma`lumotlarga ko`ra, jahonning eng kuchli bokschilaridan biri, filippinlik Menni Pakyao amerikalik Floyd Meyvezerga qarshi jang uchun barcha shartlarga rozilik bildirgan.

Menni gonorarlarning 60-40 ko`rinishida Floyd foydasiga taqsimlanishiga va kengaytirilgan, murakkab dopping-test topshirishga ham rozilik bildirgan. Ta`kidlash joiz, Pakyao bundan avvalgi ikkita jangida yanada qiyinroq testlardan o`tgan.

Bokschilarning qo`lqoplari borasida to`xtalganda, tomonlar har ikki bokschi o`zi uchun ma`qul bo`lgan qo`lqoplarda jang qilishiga kelishib olishdi. Meyvezer odatda Grant firmasining qo`lqoplaridan foydalansa, Menni janglarga Cleto Reyes qo`lqoplarida chiqadi.

Rafaelning so`zlariga qaraganda, hal qiluvchi gap faqatgina Floydda qoldi. U bor yo`g`i shartnomaga imzo cheksa bo`lgani. Yana bir e`tiborli mutaxassislardan biri Kevin Ayoli esa chiptalarning narxi rekord darajada bo`lishini xabar qildi.

Shu kunga qadar eng qimmat bilet 2500 dollar bo`lgan va u 2013 yili Floyd Meyvezer – Saul Alvares jangi oldidan sotilgan. O`shanda chiptalar sotuvidan tushgan umumiy daromat miqdori 20 million dollarni tashkil qilib, tarixdagi eng yirik ko`rsatgichni qayd qilgan. Meyvezer – Pakyao jangidagi eng qimmat bilet 5 ming dollar bo`lishi tahmin qilinmoqda va undan keladigan foyda 40 million atrofida baholanmoqda.

SPORTS.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1