1

Hindlarning “Khuda Hafiz” romantik jangari filmi O`zbekistonda suratga olinmoqda

Madaniyat 07.11.2019, 12:52
Hindlarning “Khuda Hafiz” romantik jangari filmi O`zbekistonda suratga olinmoqda

Hindistonning eng yirik kinokompaniyalaridan biri hisoblangan Panorama Studios O`zbekistonda “Khuda Hafiz” nomli romantik jangari filmini suratga olmoqda. Bu haqida "O`zbekkino" milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

“Khuda Hafiz” filmini suratga olishda qatnashish uchun Hindistondan 130 kishi hamda AQSh, Rossiya va qator Evropa mamlakatlaridan 30 kishi O`zbekistonga kelgan. Filmni suratga olish ishlari 14 oktyabrda boshlangan.  Shu bilan birga ijodiy jarayonda O`zbekistondan ham aktyorlar, texnik xodimlar jalb qilingan. Jumladan loyihada Muqimiy teatrining mahoratli aktyori Otabek Haqberdiev ham suratga tushmoqda. 

O`zbekistondagi suratga olish ishlari byudjeti bir million dollarga yaqinni tashkil qilishi kutilmoqda. S`yomka jarayonlari Toshkent va Xiva shaharlarida bo`lib o`tmoqda. Shundan so`ng ijodiy guruh o`z ishini Hindistonda davom ettiradi. “Khuda Hafiz” filmi romantik-ekshin janrda bo`lib, bosh rolni Vidyut Jamvall ijro etmoqda. Film syujetiga hayotiy voqealar asos qilib olingan. Kartina premerasi 2020 yilda bo`lishi rejalashtirilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1