AsosiyShou-biznes

Jeyms Kemeron “Avatar-2” premerasi kechiktirilganligining sababini ma`lum qildi

Rejisser xuddi birinchi filmi kabi ikkinchi filmni suratga olish ishlarini Yangi Zelandiyada olib bormoqda, deb yozmoqda segodnya.ua.

“Avatar”ning davomi rejalashtirilganidek 2016 yil emas, balki bir yil keyinroq, ya`ni 2017 yili ekranlarga chiqadi, deya xabar qildi rejisser Jeyms Kemeron.

Uning ta`kidlashicha, tasvirga olish ishlari juda katta qiyinchilik bilan olib borilmoqda, aynan shuning uchun ham premera keyinga qoldirildi. Kemeron bir vaqtning o`zida uchta filmni suratga olishni va ularni turli yillarda ekranga chiqarishni mo`ljallamoqda. Ssenariy ustida ham ishlar parallel ravishda olib borilmoqda.

“Avatar” 2009 yili ishlab chiqarilgan bo`lib, jahon ijarasida 2.8 milliard dollar mablag` to`plagan edi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar