1

Yunusobod tumanida sodir bo`lgan YTHda “Matiz” 64 yoshli piyodani urib yubordi (video)

Jamiyat 07.11.2019, 16:45
Teglar: YTH, Yunusobod
Yunusobod tumanida sodir bo`lgan YTHda “Matiz” 64 yoshli piyodani urib yubordi (video)

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YTH haqida ma`lumot berdi. 

Bugun internet tarmog`ida piyoda ishtirokidagi YTH aks etgan video tarqaldi. Mazkur fakt bo`yicha shuni ma`lum qilamizki, ushbu yo`l-transport hodisasi poytaxtning Yunusobod tumani Chinobod ko`chasida 7-noyabr kuni soat 11:22 da ro`y berdi: “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi Islom O. belgilanmagan joydan yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH natijasida 64 yoshli Zulfiya U. tan jarohatlari olgan holida shahar klinik shifoxonasiga etkazilgan.

Shu o`rinda Toshkent shahar IIBB piyodalardan yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tayotganda (ayniqsa avtomobillar orasidan), haydovchi uchun o`z vaqtida chetlab o`tib bo`lmaydigan omilga aylanishi mumkinligini eslatib o`tgan. 

“Haydovchilarga murojaat qilmoqchimiz. Yodingizda bo`lsin, yo`l harakati qoidalariga binoan:
“Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yo`l va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish yo`nalishidagi ko`rinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilangandan oshirmasdan boshqarishi kerak. Tezlik haydovchiga ushbu Qoidalar talablarini bajarish uchun transport vositasining harakatini doimiy nazorat qilib borish imkoniyatini berishi kerak. Harakatlanish vaqtida haydovchi aniqlay olishi imkoniyatidagi xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini u to`la to`xtashni ta`minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to`siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tug`dirmagan holda aylanib o`tish choralarini ko`rishi kerak”, — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Surxondaryoda "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)

12.05.2023, 09:55

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...
Qoraqalpog`istonda "Nexia-3" va yuk mashinasi ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi, 5 odam halok bo`lgan (video)

06.02.2023, 13:36

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida katta avariya sodir bo`ldi (video)

13.01.2023, 09:20

Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1