Jessika Albani jiddiy sud ishi kutib turibdi. Amerika sudi aktrisaga tegishli The Honest Company kompaniyasi hamda uning raqobatchisi Cosmedicine o`rtasidagi ishni ko`rib chiqadi, deya xabar qilmoqda segodnya.ua.
Federeal sud oldidad har ikki firma tomonidan foydalaniladigan tana uchun loson nomini aslida kim o`ylab topganligiga qaror qiladi.
Aniq bo`lishicha, Cosmedicine yaqindagina Honest Companyni intellektual huquqni buzganlikda ayblab xat yozdi. Jessika Alba ham o`ylab o`tirmasdan, sudga ariza topshirdi.
Gollivud yulduzining fikriga ko`ra, ushbu vosita nomi uning xodimlari tomonidan o`ylab topilgan bo`lib, qonunga ko`ra, ularga tegishli.





