“Teleportasiya” harakatini amalga oshirgan it YouTube videoxizmatining yangi yulduziga aylandi. U ishtirokidagi 30 soniyalik rolik 2015 yilning 8 yanvar kuni videoxizmatda chop etilgan edi. Hozirgi vaqtga qadar bu rolik 1,2 mln martadan ko`proq marta ko`rilgan. Rolik mualliflari rolikda “Maxfiy materiallar” filmidagi musiqadan foydalanishgan.
Rolikda noqonuniy avtopoygalar vaqtida “sirli it” yo`lning o`rtasida o`z-o`zidan paydo bo`lib, o`tib ketgan mashina ostidan chiqib kelgani va yo`l chetiga yugurib o`tib ketgani tasvirlangan, deb yozadi kun.uz “The Daily Mirror” nashriga asoslanib.
Gazetaning xabar berishicha, bu video tomoshabinlardan birining qo`l telefoniga yozib qolingan.
Nashrning ta`kidlashicha, bu rolik internetda o`tgan oy Janubiy Amerikada Chilida bo`lib o`tadigan noqonuniy avtopoygalar haqidagi ma`lumotlar yoritilayotgan paytda paydo bo`lgan. Rolik Janubiy Amerika va Evropada juda ommalashib ketdi.
Foydalanuvchilarning fikricha, bu itga shunchaki omad kulib boqqan yoki gap qandaydir aql bovar qilmas hodisa haqida ketyapti.





