1

Ronaldo futbolga qaytmoqda

Sport 16.01.2015, 11:45
Ronaldo futbolga qaytmoqda

Jahon futboli afsonasi Ronaldo 38 yoshida yana futbolga qaytishini bildirgan. MLS ikkinchi ligasidagi AQShning “Fort-Loderdeyl Straykers” klubi xo`jayinlaridan biriga aylangan sobiq futbolchi o`z jamoasi a`zolariga tajribasni ulashish maqsadida bir necha uchrashuvda ishtirok etishga rozilik bildirdi, deya xabar qiladi sports.uz nashri.
«Bir necha uchrashuv o`ynashga harakat qilaman. Shu yil mashg`ulotlarga ko`p e`tibor qarataman. Keyingi yillarda men boshqa ishlar bilan band bo`lgandim. Agarda finalga chiqadigan bo`lsak va yaxshi o`ynay olsam, buning nimasi yomon, — deydi Ronaldo.  — Men murabbiy bo`lmoqchi emasman. Klub xo`jayini sifatida esa yoshlarga saboq berishim mumkin. O`tgan yil men Braziliya termasi o`yinchilari bilan ishlagandim. «Fort-Loderdeyl Straykers» —  o`z an`analariga ega jamoa. Amerikada futbol rivojlanmoqda», — deydi braziliyalik.
Eslatib o`tamiz, uch karra dunyoning eng yaxshi futbolchisi Ronaldo 2011 yilda «Korintians» safida so`nggi uchrashuvini o`tkazgandi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1