1

O`zbekistonga Qozog`istondan sovuq havo massasi kirib keladi

Jamiyat 09.11.2019, 10:05
O`zbekistonga Qozog`istondan sovuq havo massasi kirib keladi

O`zbekiston hududi ustida bir necha kun davomida hukmronlik qilgan sovuq antisiklon chekinishni boshlaydi, bu kechki sovuqlarning biroz pasayishi va kunduzgi haroratning ozgina ko`tarilishiga olib keladi, deb xabar qilmoqda "O`zgidromet".

Ta`kidlanishicha, 9-10 noyabr kunlari kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Kechasi harorat 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`lishi kutilmoqda.

"Yakshanbada Qozog`iston hududi bo`ylab navbatdagi sovuq havo oqimi o`tadi. Respublikamiz ana shu sovuq oqim chegarasida bo`ladi. Shu sababli bulutlar ko`payib, harorat 2-3 darajaga bir oz pasayadi", - deyilgan xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1