1

Mamlakatimizda yangi tez tibbiy yordam reanimobillari paydo bo`ladi

Jamiyat 09.11.2019, 12:09
Mamlakatimizda yangi tez tibbiy yordam reanimobillari paydo bo`ladi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko`ra, joriy yilning yakuniga qadar Toshkent “Tez tibbiy yordam”i 141 dona “Ford” rusumli reanimobilga ega bo`ladi. Ulardan 9 tasi hozirgi kunda poytaxtga etkazib bo`lindi. Reanimobillarning har biri zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan ta`minlangan. Shuningdek, ularda kuzatuv kameralari o`rnatilgan bo`lib, tibbiyot xodimlari ular orqali o`ta og`ir holatdagi bemorlarga yordam berish uchun boshqa shifokorlardan tezkorlik bilan maslahat olish imkoniyatiga ega bo`ladi. 

Butun O`zbekiston bo`ylab yangi tez tibbiy yordam reanimobillari paydo bo`ladi

155 million dollarlik loyiha doirasida O`zbekistonning barcha hududlarida mavjud bo`lgan tez yordam transport avto zahirasini yangilash rejalashtirilgan. Hozirgi kunda Huawei kompaniyasi bilan mablag`larni jalb qilish bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda. 

Tez yordamga smartfon orqali murojaat jo`natish imkoni paydo bo`ladi

Yangiliklar bu bilan cheklanmaydi. Bemorlar uchun mobil ilova ham ishlab chiqilishi kutilmoqda. U orqali bemor bevosita o`z telefoni yoki smartfonidan tez yordamga murojaat jo`natish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bundan tashqari, tez tibbiy yordam stansiyasi faoliyatini ta`minlaydigan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi sinov tariqasida joriy etilmoqda. Ushbu tizimning ko`plab vazifalaridan biri bemorlardan tushgan murojaatlarni ro`yxatga olishdan iborat.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1