6 noyabr kuni Tojikiston—O`zbekiston chegarasidagi “Ishqobod” postiga uyushtirilgan qurolli hujum uchun mas`uliyatni IShID terrorchilik tashkiloti o`z zimmasiga oldi, deya xabar beradi “Interfaks”xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, 5 dan 6 noyabrga o`tar kechasi 20 nafar jangarilar Dushanbedan 60 kilometr uzoqlikdagi “Ishqobod” postida otishma bo`lgan.
To`qnashuv natijasida noma`lum shaxslar chegarchilarning avtomatlarini egallab olgan, xavfsizlik xodimlari o`tkazgan tezkor maxsus harbiy operasiya davomida qurollangan jinoiy guruhning 15 nafar a`zosi yo`q qilingan va 5 nafar jangari qo`lga olingan.
Tojikiston-O`zbekiston chegarasida joylashgan chegara postiga hujum qilganlar "Islom davlati" jangarilari bo`lib, ular Afg`onistondan kirib kelishgan. Bu haqda chorshanba kuni Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi (MXDQ) matbuot markazi ma`lum qilgan.