1

VII "Umut" kinofestivalida o`zbek kinofilmlari iliq kutib olindi

Madaniyat 10.11.2019, 23:56
VII "Umut" kinofestivalida o`zbek kinofilmlari iliq kutib olindi

Qirg`izistonda o`tkazilgan yosh kinoijodkorlarning VII "Umut" kinofestivali yakuniga etdi. Festivalda o`zbekistonlik yosh kinorejissyorlar Ilhom Haydarov “O`g`ri”, Husniddin Boymatov “Dunyodagi eng go`zal surat” nomli qisqa metrajli filmlari bilan ishtirok etishdi.

Festivalda o`z filmlarini namoyish qilgan yosh ijodkorlar bu ishtirok ular uchun o`ziga xos tajriba maydoni bo`lganini, ya`ni zamonaviy kino qay yo`nalishda harakatlanayotgani, boshqa kino maktablari qanday filmlar yaratayotganiga guvoh bo`lganini ta`kidlashdi, deb xabar berdi "O`zbekkino".  

Festivalda hakamlar hay`ati a`zosi sifatida qatnashgan kinoshunos, ssenarist Elmira Hasanovaning ma`lum qilishicha o`zbekistonlik yosh rejissyorlar Ilhom Haydarov hamda Husniddin Boymatovning filmlari hakamlar hay`ati va ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olingan. E.Hasanova mazkur kinoforumda o`zbekistonlik ishtirokchilar nafaqat diplom va sovrinlarni, balki asosiy "sovrin" – orttirilgan tajriba va yangi do`stlar bilan tanishish, fikr almashish imkoniyatini qo`lga kiritishdi.  

Festivalda London kinomaktabi bitiruvchisi ozarbayjonlik yosh ijodkor O`rxan Og`azodaning "Stullar" nomli qisqa metrajli filmi "Eng yaxshi film" deb topildi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yili ushbu kinofestivalda yosh kinorejissyor Shokir Xoliqov "Choy" filmi bilan ishtirok etib,  2 ta nominasiya bo`yicha mukofotni qo`lga kiritgan edi..

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1