AsosiySport

Samarqandlik sambochilar jahon chempionatida bittadan oltin, kumush hamda 3 ta bronza medalini qo`lga kiritdi

'Samarqandlik sambochilar jahon chempionatida bittadan oltin, kumush hamda 3 ta bronza medalini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Joriy yilning 8-10 noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chunju shahrida sambo bo`yicha erkaklar va ayollar o`rtasida jahon chempionati bo`lib o`tdi. 

Ushbu musobaqada O`zbekiston terma jamoasi tarkibida 5 nafar samarqandlik sambochilar qatnashib 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo`lga kiritdi.

Viloyat vakili Davlat Hamroev nufuzli musobaqada 62 kilogramm vazn toifasida yagona oltin medalni qo`lga kiritib, 3000 AQSh dollariga ega chiqdi.

Yana bir sambochi Ulug`bek Rahmonov kumush medal va 2000 AQSh dollari bilan taqdirlandi. Shuningdek, sportchilarimizdan Hakimjon Ismoilov, Avazbek Abdujalilov va Ne`mat Yoqubovga bronza medali hamda 1500 AQSh dollaridan pul mukofoti berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar