1

"Ko`cha» da yana «dolya» talabi qo`yilmoqdami?

Jamiyat 12.11.2019, 13:38
"Ko`cha» da yana «dolya» talabi qo`yilmoqdami?

«Feysbuk» ijtimoiy tarmog`ida Abduqodir Muhammadrasul ism-sharifli foydalanuvchi xavotirli post qoldiribdi. Undan «ko`cha» jonlanib, savdogarlardan «dolya» talab qilishga o`tayotgani ehtimoli yuqori ekani anglashiladi. Foydalanuvchi shunday yozadi:

«...Yoshligimda akalar aytishardi: «Har oyda «ko`cha»ga pul berish kerak. Seni himoya qilishadi».

Keyinchalik «ko`cha» ham, «uy» ham davlatni o`zi bo`ldi. Har oyda pul berib borardik. Himoya qilishardi. Kimdan?! O`zlaridan, albatta. Pul bermagan savdogarning do`koniga «ko`cha»lar kelar, bir ayb topib, jarima solib ketishardi. Bir akamiz bir yil pul bermadi. Rosa xursand yurdi. Biz har oyda 150 (dollar)dan berib borardik. Yil oxirida akamiz do`koniga kelib, uch kun poylab, oxiri chek urmaganlari bois jarima soldi hamda 1500 (dollar)ga va «a`zo qilib» ketdi...

2008 yil. Tumanga «dolya»sini berib borar edik. Do`konga bir oila kirdi. Xaridlar qilishdi. Hatto farzandiga ham narsalar olishdi. Hisobda do`llar berib chiqishdi. «Xaridorlar» ochgan eshikni soliqchilar yopishdi: «Respublikadanmiz!».

Tumanga qo`ng`iroq qildik. «Aka, bizlarga pul berishingizni aytmang, iltimos! Bizning kuchimiz etmaydi. O`zingiz hal qilib oling». 4000 (dollar) norasmiy jarima va 5-10 dona eski kiyimlardan rasmiy jarima solishdi.

Rahbarimiz o`shanda haqiqiy ko`chalarni qumsab qoldilar. «Ular bo`lganida gapiga javob berardi. Bosmachi bo`lsa ham mard edi. Pul berganga tegmasdi...».

...Uch yil avvalgi janozadan keyin bunday yozilmagan qoidalar yo`q bo`lgandi. Shu davr mobaynida birovga bir so`m bermadik. Belgilangan soliqlarni to`lab odamdek ishladik.

Kecha «ko`chalar» kelishibdi. Yanvar oyidan yana tayyorgarlikni ko`rarmishmiz...».

Mazkur post ikki kundan beri foydalanuvchining sahifasida turibdi. Tabiiyki,  bildirilayotgan fikr-munosabatlar ham har xil. Biroq hali birorta vakolatli organ bayonot berishga shoshayotgani yo`q...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1