1

2015 yilda ishqibozlar kutayotgan nufuzli sport musobaqalari

Sport 17.01.2015, 13:09
2015 yilda ishqibozlar kutayotgan nufuzli sport musobaqalari
Darhaqiqat, yangi yilda sport ixlosmandlarining zerikib qolishga asos yo`q. Chunki, kirib kelgan yilimiz sportning turli yo`nalishlari bo`yicha musobaqalarga boy bo`lishi kutilmoqda. Yana bir jihatni alohida aytib o`tish zarur, olimpiada va futbol mundial singari katta forumlar asosan toq emas, balki juft yillarda o`tkaziladi.
Shunday bo`lsada, ushbu yildagi jahon va qit`a miqyosida o`tkaziladigan ko`plab turnirlar muxlislarga hayajonli daqiqalarni hadya etishishi tayin. Endi, marhamat qilib, 2015- yilda kutilayotgan sport anjumanlari bilan tanishing.

Futbol bo`yicha o`tkaziladigan Osiyo-2015 musobaqasi

Va nihoyat,  9- yanvar kuni Avstraliyaning Sidney shahrida charm to`p ishqibozlari orziqib kutgan Osiyo birinchiligiga start berildi.
Biz ikki turiga guvoh bo`lgan bu musobaqa so`ngi yillar davomida muxlislar tomonidan haqli e`tirozlarga uchrayotgan Mirjalol Qosimov shogirdlari uchun katta sinov vazifasini o`tab bersa ajab, emas. Chunki, bizni oldinda 2018-yili Rossiyada bo`lib o`tadigan jahon chempionati saralash bahslari kutib turibdi. Ma`lumingizkim bu turnirda g`olib bo`lgan jamoa Osiyo chempioni nomini qo`lga kiritib, FIFAning qit`alararo Kubogida qatnashish imkoniyatini qo`lga kiritadi. Biz milliy terma jamoamizdan muvaffaqiyatli ishtirokni tilab qolamiz.
Katta tennis bo`yicha Avstraliya ochiq chempionati
Australia Open (Avstraliya Oupen). 19 yanvardan - 01 fevralgacha Melburn shahrida bo`lib o`tadi
 
b01f41970bfb9f4d24a7089b87bb2e22.jpg
Ha, “Kengurular yurti” yil boshida o`tkaziladigan ikkita nufuzli turnir mezbonidir. “Katta dubulg`a” turkumi sarasiga kiruvchi mashhur musobaqa - tennis bo`yicha  Avstraliya ochiq chempionati an`anaviy tarzda 1905- yildan buyon Melburn shahrida o`tkazilib kelinadi. 2015- yilgi turnir hisobda 103- musobaqadir. 
Biz uchun qahraton qish hisoblangan yanvar Melburnda sport musobaqalarini o`tkazish uchun eng maqbul oydir. Chunki, yanvar Avstraliyadagi eng iliq  davr bo`lib, okean suvi ham eng yuqori darajada isiydi. Turnirga tashrif buyurgan sportchilar va ishqibozlar  bo`sh vaqtlarini plyajlar va Melburn shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish bilan o`tkazishlari mumkin. 
Jahon miqyosidagi  tennis bataliyalari planetamizning eng zo`r tennis arenalaridan biri Roda Leyvera (Rod Laver Arena) stadionida o`tkaziladi. Turnirning umumiy mukofot jamg`armasi dunyodagi eng katta miqdordagisi hisoblanib, 2014- yili umumiy summa 33,000,000 million dollarni tashkil etgan. Yakkalik bahslari finalida g`olib chiqqan tennischi 2,65 milliona dollar egasi bo`ladi. Ikkinchi o`rinni qo`lga kiritigan atlet esa mana shu summaning teng yarmi miqdorida mukofot pulini topadi. 
Futbol bo`yicha yoshlar terma jamoalari o`rtasida jahon chempionati

f7013700b9da1a7221d7e46e1191f302.jpg
 Yurtimiz futbol ishqibozlari intizorlik bilan kutayotgan yana bir nufuzli musobaqa 2015 yilning 30 mayidan 20 iyunigacha bo`lgan davr oralig`ida Yangi Zelandiya davlatida bo`lib o`tadi. O`z qit`alari miqyosida final yo`llanmasini qo`lga kiritgan 24 jamoa orasida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O`zbekiston yoshlar termasi ham bor. Bahorning so`ngi kunlarida start berilishi ko`zda tutilgan musobaqaga qur`a fevral oyida tashlanadi. Kichik mundial Yangi Zelandiyaning ettita shahridagi ettita muhtasham  “Oklend”,  “Kraystcherch”, “Otago”, “ Vaykato”, “Taranaki”, “Markaziy” hamda “Evants-markaz” stadionlarida bo`lib o`tadi. Ayni paytda O`zbekiston yoshlari termasi tayyorgarlik ishlariga zo`r berishgan.
 0e44a051b18c79d2a998f609a3deedf9.jpg

Figurali uchish bo`yicha jahon chempionati. Shanxay - 2015
Shu paytgacha nafaqat  Hitoy balki Osiyoning hech bir davlati figurali uchish bo`yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmagan. Shu yilning 23 martidan – 29 martigacha Shanxay shahrida o`tkaziladigan nufuzli musobaqada dunyoning eng zo`r sportchilari erkaklar va ayollar yakkalik bahslari, juftlik hamda muzda raqsga tushish bo`yicha medallar jamlanmasi kurash olib boradilar.  Musobaqalarda ISU(konkida shug`ullanuvchi sportchilar Xalqaro Ittifoqi) tashkiloti a`zolari bo`lgan davlatlarning 1999 – yilning 1 iyuligacha tug`ilgan sportchilari ishtirok etishlari mumkin. Qoidaga ko`ra har bir mamlakat jahon chempionatigacha o`tkazilgan musobaqalarda etarli reyting ballarini to`plagan 1-3 sportchi(juftlik)lari bilan qatnasha oladi.  Turnir Shanxay shahrining ko`rki hisoblangan “Sharq” sport arenasida bo`lib o`tadi.
Engil atletika bo`yicha jahon chempionati. Pekin – 2015
Yoz oylarida Chin yurtida bo`ladigan yana bir nufuzli turnir engil atletika federasiyalarinng  Xalqaro Assosiasiyasi shafeligida o`tkazilib, unda turli davlat vakillari 47ta medallar shodasi uchun kurash olib boradilar. Bu turnirga  Hitoy mamlakati ilk  bora mezbonlik qilayotgan  bo`lib, bu darajadagi musobaqa Osiyo  qit`asida esa to`rt bora o`tkazilgan.   2010- yilning 15 martida engil atletika bosh tashkiloti 2015 yildagi jahon chempionati o`tkazish uchun da`vogarlik qilayotgan uchta Pekin, London va Xojuv shaharlarini e`lon qilgan edi. Keyinchalik, iqtisodiy muammolar tufayli London o`z nomzodini olgan. 2010- yilning noyabridagi anjumanda esa musobaqa mezbonligi Pekin shahriga berilgan edi.  
  84667847a68f7b3369077c9815395cd7.jpg 

 lk bora o`tkazilyotgan Evropa o`yinlari musobaqasi. Baku-2015
Ma`lumki,  boshqa barcha qit`alar o`zlarining mana ko`rinishdagi musobaqalariga ega. 2011- yili Meksikada XVI Panamerika o`yinlari, Qatarda esa XII - Panarab o`yinlari, Mozambikda  X- Butunafrika o`yinlari, 2010- yilda esa Hitoyda XVI- Osiyo o`yinlari o`tkazildi. 2011- yilning aprelida Evropa olimipia qo`mitasi prezidenti Patrik Xiki o`z ichiga barcha olimpiya sport turlarini qamrab oladigan Evropa o`yinlarini o`tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Xikining taklifi Halqaro olimpia qo`mitasi tomonidan ham qo`llab-quvvatlanib, ko`hna qit`aning 49 ta milliy olimpia qo`mitalaridan 47tasi bu taklifni qabul qildilar.  Xiki yangilikka homiylar tomonidan jula katta qiziqish bo`layotganini bildirmoqda. O`sha yiliyoq ilk musobaqani 2015-yili o`tkazilishi rejalashtirildi. 
2012-yili Evropa olimpia qo`mitalarining Bosh assambleyasi ilk o`yinlarga Ozarbayjon poytaxti Baku shahri mezbonlik qilishini e`lon qildi. Evropa o`yinlarining ochilish marosimi 2015- yilning 12-iyuniga belgilangan bo`lib, musobaqa 28-iyun kuni yakuniga etadi. 
Musobaqalarda Evropaning 49 mamlakatidan tashrif buyurgan atletlar 19 sport turi bo`yicha bellashadilar. Har to`rt yilda o`tkazilishi ko`zda tutilgan turnirning navbatdagi 2019 yilgi bellashuvlariga yana 10 sport turi qo`shilishi rejalashtirilgan.
Yozgi Universiada - Koreyada, qishgisi esa, Ispaniyada bo`lib o`tadi 
XXVII- qishgi Universiada musobaqalariga Ispaniyaning Malaga va Granada hamda turnirning shimoliy sport turlari Slovakiyaning Shtrbske Pleso va Osrble shaharlari mezbonlik qiladi. Shu yilning 4 – 14 fevral kunlari start oladigan bellashuvlarda sportning 9 turi bo`yicha 64ta medallar o`ynaladi.  
Talabalarning yozgi Universiadasi esa Koreya respublikasining Kvanju shahrida 4 iyulda boshlanib, o`n kun davomida qiziqarli bataliyalarga boy ravishda o`tkaziladi.
Bundan tashqari sport ixlosmandlarini yil davomida futbol bo`yicha Evropa chempionati saralash bahslari, futbol bo`yicha O`zbekiston oliy Ligasi o`yinlari yana bir qator musobaqalar kutib turibdi.
Elmurod ERMATOV, sports.uz 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1