AsosiySalomatlik

Sut foydaliroqmi yoki meva-sabzavotlar?

Salomatlik mavzusidagi o`nlab kitoblar muallifi, tibbiyot jurnalisti Maykl Kastelmanning fikricha, sut tarkibidagi kalsiy moddasining suyaklarni mustahkamlashga aloqasi yo`q ekan, deb yozmoqda xabardor.uz

Mayklning aytishicha, u ko`p yillardan buyon suyak tizimi salomatligi masalalari bilan shug`ullanadi va navbatdagi kitobini yozish uchun ushbu sohadagi 1200 dan ortiq tadqiqotlarni o`rgangan. Uning ta`kidlashicha, kalsiy suyak tizimi uchun zarur bo`lgan yagona unsur emas. Bunday unsurlarning soni 17 ta. Kalsiy suyak va tishlarimiz salomatligi uchun muhim bo`lgan o`sha 17 ta unsurning biri xolos. 

Uning so`zlariga ko`ra, organizmimizga kalsiyni hech qaysi modda meva va sabzavotlarchalik etkazib bera olmaydi. Yuqoridagi 17 ta unsurning barchasi o`simliklar: yashil barglilar, ildizmevalar, meva va rezavorlar, dukkakli va boshoqli ekinlarda mujassam. 

Kastelmanning ta`kidlashicha, aynan sut va go`sht mahsulotlari kalsiy etishmovchiligiga sabab bo`ladi: ular tarkibidagi aminokislotalar organizmdagi kislota miqdorini oshiradi. Kislotani me`yoriga keltirish uchun esa organizmimiz tanamizdagi kalsiydan foydalanadi, natijada kalsiy miqdori kamayib ketadi.

    Boshqa yangiliklar