Toshkent shahri 23 noyabr kuni aralash jang san`atlari sport turi bo`yicha GFC 20 musobaqasiga mezbonlik qiladi.
O`zbekiston tarixida ilk marta o`tkazilayotgan ushbu musobaqa uchun chiptalar sotuvi boshlangan. Unga ko`ra, chiptalarga 30 000 so`mdan 2 500 000 so`mgacha narx belgilangan.
Chiptalarni «iTicket.uz» sayti hamda «Humo Arena» kassalari orqali sotish yo`lga qo`yilgan.
Ma`lumot uchun, musobaqa «Humo Arena»da bo`lib o`tadi. Unga UFC’ning engil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov maxsus mehmon sifatida tashrif buyuradi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekistonda Aralash jang san`atlari assosiasiyasi tashkil etilgandi. Otabek Umarov esa uning ilk prezidentiga aylangandi.