AsosiyJamiyat

Samarqandda avtomobil butlovchi qismlarni mahalliylashtirish bo`yicha doimiy ko`rgazma ochdi

'Samarqandda avtomobil butlovchi qismlarni mahalliylashtirish bo`yicha doimiy ko`rgazma ochdi'ning rasmi

Bugun “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK servis va dilerlik markazida  (Samarqand viloyati, Jomboy sh.) “Yuk avtomobillari, avtobuslar, osma va tirkama texnika butlovchi qismlarini mahalliylashtirish bo`yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperasiya” ko`rgazmasi ochildi.

Ko`rgazma mahalliy avtokomponentlar ishlab chiqaruvchilar, shuningdek avtomobil sanoatida o`z biznesini rivojlantirish istagida bo`lgan tadbirkorlar bilan o`zaro manfaatli kooperasion aloqalarni kengaytirish orqali “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK, “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ QK va “UzAuto Trailer” MChJda ishlab chiqarilayotgan mahsulot mahalliylashtirish darajasini oshirish va tannarxini pasaytirishni ko`zda tutadi.

Ko`rgazmada yuk avtomobillari, avtobuslar, osma va tirkama texnikaning mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o`zlashtirish uchun taklif qilinayotgan butlovchi qismlari va bog`lamalari taqdim etildi. Ko`rgazma doimiy ravishda ish yuritadi.

Ko`rgazma har kuni 9:00 dan 17:00 gacha (shanba, yakshanba va rasmiy bayram kunlaridan tashqari).

 

Boshqa yangiliklar