1

O`zbekistonda chorva ozuqasiga bo`lgan talab 120 mln tonna, ehtiyoj esa 40 foizga qondirilgan

Siyosat 13.11.2019, 20:57
O`zbekistonda chorva ozuqasiga bo`lgan talab 120 mln tonna, ehtiyoj esa 40 foizga qondirilgan

Bu haqda Prezident 13 noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida aytdi

Ma`lumki, davlatimiz rahbarining joriy yil 23 oktyabrdagi farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo`ljallangan strategiyasi qabul qilingan edi. Ushbu hujjat doirasida zamonaviy yondashuv asosida soha modernizasiyasi boshlandi. Shuningdek, 7 noyabr kuni Prezidentning “Qoraqalpog`iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

– Hududlarimiz salohiyatidan to`g`ri foydalanib, qaerga nima ekish, qaysi chorva turini etishtirish, qo`shilgan qiymat zanjirini yaratish orqali bozorlarimizda go`sht, sut va tuxum mahsulotlarini ko`paytirish, narxlar barqarorligini ta`minlash va daromadni oshirish bo`yicha, afsuski, samarali tizim mavjud, deb ayta olmaymiz, – dedi yig`ilish avvalida Shavkat Mirziyoev.

Mamlakatimizda chorva ozuqasiga bo`lgan talab 120 million tonnani tashkil etadi, ammo o`tgan yilda atigi 47 million tonna ozuqa ishlab chiqarilib, ehtiyoj 40 foizga qondirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1