AsosiyShou-biznes

Otabek klipiga taklif qilingan aktyorlar yo`qolib qolishdi

Mutalxo`jaev yangi “Xayol” nomli qo`shig`iga videoketma-ketlik tasvirga olish rejasini ancha avval boshlagan edi. Har doimgidek, klip syujeti haqida bosh qotirishda o`zi bosh-qosh bo`ldi.

Yosh xonanda Xushnud bilan duet ko`rinishida kuylangan qo`shiq uchun falsafiy klip suratga olinadigan bo`ldi, ammo Toshkent ko`chalaridagi tasvirga olish jarayonlarida Samarqanddan taklif qilingan yosh aktyor Sharof Sharapov sherigi Polinani yo`qotib qo`ysa bo`ladimi...

Ularning bir-birini qidirayotgan sahnalari qo`shiq uchun yaxshigina videoketma-ketlik bo`ldi. Ijodiy guruh a`zolari haqiqatdan yigit bilan qiz bir-birini yo`qotishdi deb o`ylashdi. Lekin hammasi avvaldan rejalashtirilgan ssenariy asosida ketayotganligi birozdan so`ng ma`lum bo`ldi.

Ushbu klip Otabek Mutalxo`jaevning 2015 yildagi birinchi sovg`asi sifatida yaqin kunlarda taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar