O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi rais o`rinbosari - viloyat “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi lavozimida ishlab kelayotgan Nilufar Boyqobilovna Nazarova Qashqadaryo viloyat yuridik kolleji direktorining Yoshlar masalasi bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Nilufar Nazarova bir vaqtning o`zida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari ham hisoblanadi.
Ma`lumot o`rnida, Prezidentning 2018 yil 13 apreldagi "O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorida har bir viloyatda vazirlikning yuridik kollejlarini tashkil qilish nazarda tutilgan bo`lib, shu asosda Qarshi iqtisodiyot kolleji Qashqadaryo viloyat yuridik kollejiga aylantirildi. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i lavozimi bo`yicha yuridik kolleji direktori hisoblanadi.
N.Nazarova oldingi ish joyida ham bir vaqtning o`zida ikki lavozimni bajarib kelgan.
29.11.2022, 18:48
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda 3 kunlik firma jami 2.601.000.000 so`mlik issiqxonalar o`rnatishni yutib oldi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Holatga Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi munosabat bildirdi. Ma`lum qilinishicha,...14.11.2022, 09:45
Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo`limlari tomonidan o`tgan 10 oy vaqt davomida 1 656 ta holatda 1 647,1 gektar er maydoni...17.10.2022, 10:45
Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimovning ikki nafar o`rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot kotibi xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, hokimlik soatida bir neta rahbar...11.10.2022, 12:18
Qashqadaryo viloyatida fuqarolar tomonidan qalbaki pul muomalaga kiritlgani aniqlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 7 oktyabr kuni Shahrisabz...