AsosiyDunyo

Tepadan qaraganda barchasi go`zal yoki...qo`rqinchli!

Ayrimlar eng baland joylarda ham kiprik qoqishmay turaverishadi. Boshqalar esa buning aksi. Balandlikdan qo`rqish hissi deyarli barchada bor. Agar uni qay darajada ekanligini sinab ko`rmoqchi bo`lsangiz, dunyoning eng baland nuqtalariga borib ko`ring, deb yozmoqda xabardor.uz 

Balandlik hissiyotini boshdan kechirish uchun yuzlab metr tepada joylashgan shisha pol ustiga chiqsangiz ham bo`ladi. Shunda oyog`ingiz ostida yastanib yotgan poyonsizlikni ko`rib, vahimaga tushasiz. Lekin havotirga o`rin yo`q, barchasi mustahkam qilib o`rnatilgan. Shimoliy Amerikada savlat to`kib turgan baland tog`lar, Grand-Kanon sayohlar uchun arzimas narsadek ko`rinar, lekin ularga chiqib ko`rish kerak bo`ladi.

1.”Muzlik Skywalk 2”ning eng baland nuqtasidan yastanib yotgan vodiyga boqish, kishiga aql bovar qilmas hissiyot ulashadi. Bu erda uzoq turishning imkoni yo`q, chunki sayyohlar to`dasi va shamol bunga halaqit beradi. Shunga qaramay bu nuqta eng qiziqarli joy hisoblanadi.

2. “Skywalk 2”dan turib o`rmonlar salobatini ko`rish mumkin.

3. Uillis-Tauer

Chikagodagi Uillis-Tauer kuzatish nuqtasi barchaga ma`lum va mashhur. U erga chiqish uchun 1353 metr balandlikka ko`tarilishga to`g`ri keladi.

4. Uillis-Tauer

Bu erda turish vaqti chegaralangan. Har bir sayyohlar jamoasi uchun yarim soat. Bu qoidani o`t o`chirish bo`limi o`rnatgan. Shu bois osmono`par bino ostida navbatda turgan ko`plab insonlarni uchratish mumkin.

5. Shanxaydagi butunjahon savdo markazi 

Shanxaydagi butunjahon savdo markazi ro`yxatimizdagi eng baland bino hisoblanadi. Bu erdan shaharning ajoyib manzarasi ko`rinadi va u eng ko`p sayyohlar boradigan joylardan biri hisoblanadi.

6. Shanxaydagi butunjahon savdo markazi 

Binoning shisha-oynalik o`tish yo`lagini alohida ta`kidlab o`tish lozim. 

7. “CN Tower” 

Osmono`par “CN Tower” binosi Shimoliy Amerikadagi eng taniqli joy sanaladi. “CN Tower” Torontoning boshqa binolari o`rtasida savlat to`kib turibdi.

8. “CN Tower” 

Binoning shisha ayvonidan turib, atrofni tomosha qilishingiz mumkin. Bu haqiqiy mo``jiza! O`zingizni xuddi attraksiondagidek his etasiz.

9. “CN Tower” 

Tashrif buyuruvchilarga mustahkam kamarlar beriladi va binoning qirrasida tik turishga imkon yaratiladi. Bu haqiqiy dahshat!

10. “AlpspiX”

“AlpspiX” maydonchasi rus ruhiyati va nemes Bauxausi hissiyotini beruvchi joydir. 

11. Grand-Kanon

Bu joy ko`rinishi yuzasidan “Skywalk” muzliklar vodiysiga o`xshab ketadi.

12. Grand-Kanon 

Yarimdoira shaklidagi tabiat manzarasi har qanday sayyohni maftun etib qo`yishi aniq. To`g`ri, xavfli va baland joylar bor, biroq tavakkal qilishga arziydi.

13. Daxshtayn

Ro`yxatning eng so`ngida Daxshtayn turibdi. “Muz qasri” nomini olgan muzlik maydonchasi insonlarni doimo o`ziga chorlab keladi. Bu maydon er yuzidagi eng go`zal maskanlardan biri bo`lib, bu erga bormaslik afsuslanarli hol hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar