2019 yilning 14 noyabr kuni soat 18:55 da Buxoro – Toshkent yo`nalishida harakatlanayotgan 9-sonli «Sharq» poezdi «Jomboy» stansiyasida texnik nosozlik tufayli to`xtadi.
Elektrovozda kuzatilgan nosozlik qisqa muddatda bartaraf qilinib poezd o`z yo`nalishida harakatini davom ettirgan.
«O`ztemiryo`lyo`lovchi» AJ ma`muriyati yuzaga kelgan ushbu noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`radi.