Amerikalik bokschi Roy Jons Otabek Umarovni O`zbekiston MMA assosiasiyasi rahbari etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda u o`z Instagram sahifasida video yozib qoldirgan.
O`zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining birinchi o`rinbosari va Shavkat Mirziyoevning kichik kuyovi Otabek Umarov yangi tashkil etilgan O`zbekiston MMA assosiasiyasi rahbari etib saylangani haqida xabar berilgan edi.
“Otabek, saylanganing bilan tabriklayman va taklif uchun rahmat. Bunday voqeaning bir qismi bo`lishdan baxtiyor bo`laman!”, — degan so`zlarni keltirgan Roy Jons.
O`z o`rnida Otabek Umarov amerikalik bokschiga minnatdorchilik bildirgan hamda GFC MMA turniri doirasida uchrashishishini yozib qoldirgan.