Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi fuqaro Qorovulbozor tumani hududidagi naslchilik shirkat xo`jaligi molxonasidan noma`lum kishilar 13 bosh qo`yini o`g`irlab ketilgani haqida IIBga xabar berdi. Bu haqda daryo.uz «Postda» gazetasiga tayangan holda ma`lum qildi.
Zudlikda ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida jinoyat «issiq izida» fosh etildi, deyiladi xabarda.
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi aka-uka mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib qo`lga olindi.





