AsosiyJamiyat

Tezkor: Shu yilning o`zida stipendiyalarning to`lanishi tartibi avvalgi holiga qaytariladi

'Tezkor: Shu yilning o`zida stipendiyalarning to`lanishi tartibi avvalgi holiga qaytariladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, kecha O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamda “Mening yurtim” (My5), “Sevimli” va “Milliy” telekanallari hamkorligida Media Hallda “Demokratik debat” bo`lib o`tdi. 

Unda bir qator muhim savollarga javoblar berildi, shuningdek, joriy etilayotgan yangiliklar haqida ham ma`lumotlar berildi.

Xususan, Adolat SDP vakilining aytishicha, hozirgi paytda partiya va fraksiya tashabbusi bilan Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirligi bilan qat`iy ish olib borilmoqda. Unga ko`ra, joriy yilning o`zida talabalarga stipendiyalarni berilishi tartibi avvalgi holiga qaytariladi. Ya`ni har bir talaba o`zining bahosiga qarab stipendiya oladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar