AsosiyJamiyat

Prokuratura Ortiqxo`jaevning jurnalistga tahdidi bilan bog`liq holatni o`rganmoqda

'Prokuratura Ortiqxo`jaevning jurnalistga tahdidi bilan bog`liq holatni o`rganmoqda'ning rasmi

Avvalroq, internetda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning jurnalistga sharmanda qilish va boshqalarga qodirligi bilan tahdid qilganligi haqida xabar tarqalgan edi. Ko`plab bahs-munozalarga sabab bo`layotgan holat bo`yicha audioyozuv tarqalgan bo`lib, undagi ovoz Ortiqxo`jaevnikiligi hamda uning suhbatdoshlari kimligi noma`lumligicha qolmoqda.

Kun.uz’ning ma`lum qilishicha, mazkur tahdid shahar hokimidan Olmazor tumani hokimining sobiq o`rinbosari Abdurasul Vahobov bilan bog`liq voqeaning ertasiga Kun.uz muxbirlari Rahmatilla Isroilov, Sherzod Egamberdiev va Bahodir Ahmedov hokim qabulida bo`lgan chog`da yangragan.

"O`sha kuni Toshkent shahar hokimi A.Vahobov va muxbirlarni o`z huzuriga chorlab, yarashtirmoqchi, o`rtadagi tushunmovchilikni hal qilmoqchi bo`lgan. Tomonlar murosa qila olmagach, uchrashuv tahdidli "tarbiyaviy soat"ga aylanib ketgan.

Aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shu voqeaga oid audioyozuv tarqalishiga tahririyatning aloqasi yo`q. Toshkent shahar hokimligi esa bu holat bilan bog`liq audioyozuv qalbaki ekanligini aytmoqda.
Bugun, 17 noyabr kuni Bosh prokuratura tomonidan internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvdagi ovozning Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevga mansubligi, qachon, qaerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o`rganilayotgani haqida xabar berildi.O`rganish natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.

Boshqa yangiliklar