AsosiyDunyo

Kavasu-Nanadaru – Yaponiyadagi sirtmoq shaklidagi ko`prik

Agar tog`da qiyalik shunchalik keskin bo`lganidan, unda oddiy ko`prik qurishning iloji bo`lmasa, qanday qilib ko`prik qurish mumkin? Bunday holatda sirtmoq ko`prik quring, agar bittasi kamlik qilsa, ikkinchisini quring. Yaponiyalik muhandislar Kavasu-Nanadaru ko`prigini qurishda aynan shunday yo`l tutishdi.

Ikki sirtmoqdan iborat ushbu yapon ko`prigi Yaponiyaning Kavasu shahrida joylashgan. Ko`prikning ikkita sirtmoqdan iborat spiral shakli avtomobillarga 45 metr balandlikka chiqib-tushish imkoniyatini beradi. Bu sirtmoq ko`prik xuddi yo`l chetidagi tog`lar orasiga osib qo`yilganga o`xshaydi. Ko`prik diametri 80 m. ni, uzunligi esa 1,1 km. ni tashkil qiladi. Bu ko`prik Tokio va Isu yarimorolini bog`lab turuvchi 414-shosseda 1982 yilda qurilgan hamda diqqatga sazovor joyga aylangan. (xabardor.uz)

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar