Farg`onada ikki qavatli uylarning birida portlash yuz berdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
Bugun, 18 noyabr kuni soat taxminan 12:00da Farg`ona viloyati Oltiariq tumani X.Olimjon mahallasida ikki qavatli uylarning birida gaz to`planib, chaqnashi natijasida portlash sodir bo`ldi. Oqibatda bir nafar fuqaro — I.X. jarohat olgan.
Hodisa sodir bo`lgan joyga zudlik bilan etib borgan tergov tezkor guruhi ishlamoqda.
Voqea bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.