YuNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Xalqaro yorug`lik yilining joriy etilishiga bag`ishlangan ikki kunlik tadbir bo`lib o`tmoqda, deb yozadi UzReport.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun tadbir ishtirokchilariga yuzlanib, Yorug`lik yilining o`tkazilishi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ilmiy hamkorlik va yangi texnologiyalar o`zlashtirilishiga imkon yaratishiga umid bildirdi.
Yorug`lik yilini o`tkazish energiya ta`minoti, ta`lim, qishloq xo`jaligi va sog`liqni saqlash global muammolarini hal etishda yorug`lik texnologiyalari qanday ko`mak berishi haqida umumiy xabardorlikni oshirishga qaratilgan.





