23 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena da O`zbekiston tarixida ilk marta aralash jang san`ati (MMA) bo`yicha janglar o`tkaziladi. Unda GFC promouterlik kompaniyasining GFC 20 turniri tashkil qilinadi. Mazkur jang oqshomi O`zbekistonning bir yo`la ikkita telekanali orqali translyasiya qilinishi kutilmoqda. Unga ko`ra, turnir Zo`r TV va Sport telekanllari orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatiladi. Janglar 18:00da boshlanadi. Mazkur turnir davomida juda ko`plab o`zbekistonlik MMA ustalari, jumladan, Nursulton Ro`ziboev, Avliyoxon Hamidov, Jahongir Jumaev, Ahliddin Mirzadavlatov, Akmal Amirov, Jamshid Rahmonaliev, Muzaffar Rajabov va Amin Ergashev kabi jangchilar oktagonga chiqishadi. Jang oqshomida UFC yo`nalishi bo`yicha chempion Habib Nurmagomedov faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.






