AsosiyDunyo

Xitoy hukumati uyg`urlar haqida: “Shafqat qilinmasin”

'Xitoy hukumati uyg`urlar haqida: “Shafqat qilinmasin”'ning rasmi

Xitoy rahbariyatining ichki foydalanish uchun mo`ljallangan va uyg`urlarni ta`qib qilishga bag`ishlangan hujjatlari jurnalistlarning qo`liga tushdi. Bu haqda New York Times xabar bermoqda.

Rasmiy Pekin Sharqiy Turkistonda ekstremizmga qarshi kurashda mo``tadil va insonparvar usullar qo`llanayotganini aytib keladi, biroq matbuotga sizgan hujjatlar buning aksini ko`rsatmoqda. Ichki yozishmalarda amaldorlarga radikalizmda gumon qilinganlarga nisbatan qat`iy chora ko`rish va xorijdan bo`layotgan tanqidlarga parvo qilmaslik buyurilgan.

Jurnalistlarning qo`liga tushgan 24 hujjatning hajmi 400 sahifadan oshadi. Ularning ichida Sharqiy Turkistondagi vaziyat bo`yicha Xitoy rahbari Si Szinpin va boshqa amaldorlarning yopiq tadbirlardagi nutqlari, ko`rsatmalar va hisobotlar bor. Hujjatlarni jurnalistlarga Xitoy siyosiy doirasining bir vakili etkazgan va ismi oshkor etilmasligini so`ragan.

Hujjatlarga ko`ra, Xitoy rahbari ekstremizmga qarshi kurash «og`riqli muolaja»ni taqozo etishini aytgan. “Hech ikkilanmay demokratik diktatura vositalaridan foydalanish zarur”, – degan u Sharqiy Turkiston bo`yicha siyosatga bag`ishlangan yig`ilishlardan birida. Bundan tashqari, Si Szinpin separatizm va radikalizmga moyil kishilarga zarra qadar shafqat ko`rsatmaslikni buyurgan.

    Boshqa yangiliklar