AsosiyDunyo

Dunyoning eng boy ayoli nomi e`lon qilindi

“Wealth-X and UBS Billionaire Census 2014” nashri butun dunyo milliarderlari ro`yxatini chop etdi. Bu ro`yxatdan hammasi bo`lib 2325 milliarder joy olgan. Ularga tegishli bo`lgan umumiy mablag` 7,3 trln dollarni tashkil etdi, deb yozmoqda kun.uz nashri.

Bu ro`yxatdan joy olgan 216 nafar milliarder ayoldan 17 foiz qismigina o`z boyliklariga o`z kuchlari bilan erishganlar.

AQShning va dunyoning eng boy ayoli deb Kristi Velton tan olindi. Uning boyligi 37,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Unga bunday ulkan boylik Walmart gipermarketlar tarmog`i asoschisining o`g`li – Jon Veltondan meros qolgan. Jon 2005 yilda aviahalokatda halok bo`lgan.

Evropa qit`asining eng boy ayoli va ro`yxatdagi eng keksa ayol deb L’Oreal kosmetik kompaniyasining 92 yoshli egasi Lilian Betankur tan olindi. Unga bu kompaniya otasidan meros qolgan. Uning boyligi 3,3 mlrd dollar deb baholandi.

Sheri Arison

Sheri Arison

Yaqin Sharqning eng boy ayoli deb Apoalim bankining nazorat paketi egasi va Arison Investments kompaniyasining egasi isroillik Sheri Arison deb topildi. Unga bu boylik otasi Ted Arisondan meros sifatida o`tgan. Uning boyligi 4,2 mlrd dollar atrofida baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar