AsosiyDunyo

O`rmon yong`inlari tufayli Sidney shahri tutun bilan qoplandi

'O`rmon yong`inlari tufayli Sidney shahri tutun bilan qoplandi'ning rasmi

19 noyabrm kuni kuchli shamol Avstraliyaning sharqiy qirg`oqlari bo`ylab o`nlab yong`inlarni keltirib chiqardi. Aholisi eng zich bo`lgan Sidney shahrini xavfli tutun qamrab oldi. Tutun shaharning ba`zi qismlarida xavflilik darajasidan 10 baravar yuqori ko`rsatkichga etgan.

Yangi Vels shtatining sog`liqni saqlash boshqarmasi odamlar iloji boricha uyda qolishlari kerakligini ta`kidladi. «Ko`p odamlar uchun bu tutun ko`z,  burun va tomoqda engil og`riqqa sabab bo`ladi.  Biroq  astma,  amfizemiya va angina kabi kasalligi bor odamlarning sog`ligiga tutun ko`proq ta`sir qiladi”, dedi shtat atrof-muhit salomatligi bo`yicha direktori Richard Bum.

«1300 dan ortiq o`t o`chiruvchilar ushbu yong`inlarga qarshi kurashmoqda”, deyiladi RFS bayonotida.

Avstraliyada so`nggi bir necha hafta ichida sodir bo`lgan o`rmon yong`inlari qishloq xo`jaligida foydalaniladigan 1 million gektar er maydonini yo`q qildi. Bu yong`inlarga uch yildan beri davom etayotgan qurg`oqchilik sabab bo`lgan. Bu mamlakatda o`rmon yong`inlari odatiy hol hisoblanadi. Ammo, bu yil bahorda janubdagi yong`inlarning erta boshlanishi kamida to`rt kishining hayotiga zomin bo`ldi. O`tgan haftada esa, 300 dan ortiq uy vayron bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar