AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisi Senati a`zolarini tayinladi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolarini tayinlash to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 77-moddasi hamda «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasiga muvofiq:
Farmanov Aleksandr Kasimovich – «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi – bosh direktori
Sanakulov Kuvandik – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi bosh direktori
Tyan Valeriy Nikolaevich – «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi bosh direktori
Salixov Shavkat Ismailovich – O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti
Usmanov Mirabror Zufarovich – O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashqi siyosat masalalari qo`mitasi a`zosi
Safoev Sodiq Solixovich – O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashqi siyosat masalalari qo`mitasi raisi
Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori o`rinbosari
Mirzaaliev Ikboljon Mirzakarimovich – O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo`yicha o`rinbosari

Abdullaev Ixtiyor Baxtiyorovich – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi
Artikova Svetlana Baymirzaevna – O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o`rinbosari
Kamilov Xalidjan Maxamadjanovich – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti oftalmologiya kafedrasi professori
Zufarov Maxamadjan Zairovich – «Nuroniy» jamg`armasi Toshkent shahar bo`limi Kengashi raisi
Alliyarova Aysanem Joldasbaevna – Qoraqalpog`iston Respublikasi Taxtako`pir tumani hokimi o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi
Yo`ldoshev Nig`matilla To`lqinovich – O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri
Ramatov Achilbay Jumaniyazovich – «O`zbekiston temir yo`llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi
Alimova Gavxar Zayirovna – «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi o`rinbosari
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari etib tayinlansin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015 yil 20 yanvar

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar