AsosiyDunyo

Zamonaviy “Robin Gud” odamlarga pul tashlab ketyapti

'Zamonaviy “Robin Gud” odamlarga pul tashlab ketyapti'ning rasmi

Angliyaning Darem grafligi polisiyasi Blekxoll-Koleri qishlog`ida yashovchi odamlarining uyiga paket ichida pul tashlab ketayotgan odamning kimligini aniqlay olmayapti, deb yozmoqda Meduza.

Xabarda aytilishicha, birinchi marta bu holat 2014 yilda kuzatilgan. O`shandan beri jami 12 marotaba paketchali pul tashlab ketilgan, ulardan 4 donasi shu yilda tashlab ketishgan.

Paketlar odatda bir xil joyda qoldirilgan, ya`ni katta yo`l yoqasidagi uyning yonida. Uning ichida har doim bir xil miqdorda pul bo`ladi: 2000 funt-sterling (24,5 million so`m). Mahalliy aholi topilgan paketlarni polisiyaga olib borib berishmoqda. Ammo hech kim pul uchun da`vo qilmaydi, keyin uni mukofot deb topib olganlarga qaytariladi.

Polisiya aholini va tashkilotlarni so`roqqa tutdi, banklar orqali sirli saxiy insonning shaxsini aniqlashga urinib ko`rdi, ammo bundan naf chiqmadi. Paketlarda barmoq izlari qolmagan. Polisiya paketlar jinoyatchilarga tegishli bo`lishi mumkinligini istisno qilib, kimdir Blekxoll-Koleri aholisiga yordam berishga harakat qilayotganini taxmin qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar