AsosiyJamiyat

Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

'Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi'ning rasmi

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.

2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20 larda, A-380 Samarqand-G`uzor avtomobil yo`lining 140 km.da Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanida yashovchi 1990 yilda tug`ilgan Sh.F. boshqaruvida bo`lgan “Isuzi”da yo`lovchi sifatida ketayotgan aktrisa Gavhar Sharipovaga shilqimlik qilingan. 

Davlat raqami 75 G 020 NA bo`lgan yuk avtomobili soatiga 140 km tezlikda harakatlanib kelayotgan paytda haydovchi Sh.F. bir qo`lida avtomobilini boshqarib turib, o`ng quli bilan avtomobil salonida yo`lovchi sifatida ketayotgan aktrisaning elka va qo`llaridan ushlab shilqimlik qilgan.

Oqibatda Gavhar Sharipovaavtomobil eshigini ochib ushlab ketayotganligini ko`ra turib, haydovchi harakatlanishda davom etgan va amaldagi yo`l harakati qoidalarining 77-bandi 3-qismida ko`rsatilgan “Harakatlanish vaqtida haydovchi aniqlay oladigan xavf yuzaga kelsa, transport vositasini tezligini u to`la to`xtatishni ta`minlaydigan darajada kamaytirmasdan” yo`llarda harakatlanish qoidalarini qo`pol ravishda buzib, transport vositasini to`xtatish choralarini ko`rmasdan yo`lida davom etgan. 

Natijada G.Sharipova avtomobil kabinasidan tushib ketib, hayoti uchun xavfli bo`lgan tan shikasti olib, hodisa sodir bo`lgan joyda vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan G`uzor tumani IIB tomonidan 2019 yil 18 noyabr kuni jinoyat ish qo`zg`atilib, fuqaro Sh.F.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Avvalroq ayrim manbalarda avtomobil haydovchisi aktrisaga shilqimlik qilgani taxmin qilingan edi.


 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar