1

BuxDU talabasi Osiyo chempioni bo`ldi

Sport 20.11.2019, 16:01
Teglar: BuxDU, chempion
BuxDU talabasi Osiyo chempioni bo`ldi

 

2019 yilning 10-17 noyabr kunlari Mo`g`uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo`yicha yoshlar o`rtasida Osiyo chempionati bo`lib o`tdi. Unda qit`amizning 16 mamlakatidan 180 nafar bokschi ishtirok etdi. 

Buxoro davlat universiteti “Jismoniy madaniyat“ fakulteti 1-bosqich talabasi Suhrob Qayumov 75 kg vazn toifasida ishtirok etib, barcha raqiblarni engdi va oltin medalga sazovor bo`ldi

Suhrob Qayumov chempionatda 4 nafar Osiyoning eng kuchli charmqo`lqop ustalarini engib g`oliblik shohsupasiga ko`tarildi. U dastlab mezbon mamlakat vakili Gantulga Batbayarni 3:2 hisobda mag`lub etib, chorak finalda xitoylik tengdoshi Ayiduosi Entemakaga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan 5:0 hisobda mag`lubiyatga uchratdi.

Yarim finalda qirg`izistonlik Islombek Turg`unovni 5:0 hisobda, musobaqa finalida qozog`istonlik bokschi Bektashni 4:1 hisobida mag`lub etib, 75 kg vazn toifasida yoshlar o`rtasida Osiyo chempioniga aylandi.

Boks bo`yicha yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatida O`zbekiston terma jamoasi jami 14 ta – 2 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo`lga kiritdi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1