1

Xitoyda ko`mir koni portladi: 15 kishi halok bo`ldi, 9 kishi jarohat oldi

Dunyo 20.11.2019, 16:18
Xitoyda ko`mir koni portladi: 15 kishi halok bo`ldi, 9 kishi jarohat oldi

Xitoy shimolidagi ko`mir konida gaz portlashi sodir bo`ldi. Oqibatda,  15 kishi halok bo`lib, yana to`qqiz kishi jarohat olgan. Bu portlash 18 noyabr dushanba kuni tushdan keyin ro`y bergan va qutqaruv ishlari seshanba kuni ertalabgacha davom etgan.

Shansi provinsiyasi mehnat xavfsizligi ma`muriyatiga ko`ra, bu falokatda 11 nafar konchi voqea joyidan jarohatlarsiz qochib chiqishga muvaffaq bo`ldi.  Hozirda portlash sababi o`rganilmoqda.

Xitoydagi konlar ishchilar hayoti uchun dunyodagi eng xavfli joylardan biri edi. Ammo  konlardagi xavfsizlikning yaxshilanishi, konchilarni bu masala bo`yicha yaxshiroq shug`ullantirish va kichik konlarning yopilishi qurbonlar sonining kamayishiga olib keldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1