1

Prezident bilan raqs tushgan qiz deputat bo`ldi

Dunyo 20.11.2019, 16:55
Prezident bilan raqs tushgan qiz deputat bo`ldi

“Miss Belarus – 2018” tanlovi g`olibasi Mariya Vasilevich ettinchi chaqiriq Vakillar palatasi deputati bo`ldi, deb xabar qidi Sputnik Belarus.

Vasilevichning nomzodi Minsk shahrining Frunze tumanidagi Kalvariy tumanida qo`yilgan. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, unga 11,5 mingdan ortiq saylovchilar ovoz bergan.

Vasilevich Belarus parlamentning quyi palatasining eng yosh deputati bo`ldi.  U atigi 22 yoshda. Ta`kidlanishicha, u deputat sifatida yoshlar muammolari bilan shug`ullanadi.

Mariya Vasilevich 2018 yilda "Miss Belarus" milliy tanlovda g`oliblikni qo`lga kiritgandi.

Bundan keyin uni bir necha bor mamlakat rahbari oldida ko`rishgan: masalan, u Aleksandr Lukashenko bilan bilan o`tin yorgan, Evropa o`yinlarida ishtirok etgan. Bundan tashqari, uchrashuvlardan birida prezident unga kolxozni boshqarishni taklif qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1