«Rossotrudnichestvo» tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonasi Rossiya oliy o`quv yurtlariga qabul qilinish uchun o`tkaziladigan tanlovda ishtirok etuvchilarni ro`yxatga olishni boshladi, deb xabar bermoqda daryo.uz 12news.uzga asoslanib.
Dastlabki bosqich − 20−23 yanvar kunlari «Rossotrudnichestvo»ning O`zbekistondagi vakolatxonasi rasmiy sayti orqali umumiy ma`lumotlar bilan to`ldirilgan ro`yxatga olish shakli jo`natiladi. Ikkinchi bosqich 20 yanvardan 1 fevralgacha davom etib, unda kerakli hujjatlar to`planadi va topshirish uchun tayyorlanadi.
20−23 yanvar kunlari sayt orqali ro`yxatdan o`tganlar hujjatlarni 2−4 fevral kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha topshirishlari mumkin. Ro`yxatdan o`tib, hujjat topshirganlar 5−7 fevral kunlari test sinovlarini topshiradi. Imtihon natijalari 11 fevral kuni e`lon qilinadi. 12−14 fevral kunlari testdan muvaffaqiyatli o`tganlar bilan suhbat o`tkaziladi.





