Toshkent shahrida benzin tashuvchi mashina ag`darilib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a`zolari ma`lum qildi, deya xabar qiladi daryo.uz nashri.
Guruhda keltirilgan suratlarda benzovoz ag`darilib yotgani, shuningdek ko`plab odamlar undan benzin olib ketayotgani hamda o`z mashinalariga quyayotgani tasvirlangan.
Voqea Toshkent shahrida sodir bo`lgan. Ammo qachon va qaysi ko`chada yuz bergani noma`lum. Bundan tashqari benzovozning davlat raqami Samarqand viloyatidan ekanligini bildirib turadi. Benzovoz qanday ag`darilgani va haydovchisi qaerdaligi haqida ma`lumot yo`q.











